3 - dekabr - “ Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan aholining barcha imkoniyati cheklangan qatlamlarining holidan xabar olish, ular uchun bayram dasturxonlari tashkil qilish, targʻibot-tashviqot va madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish va oʻtkazish yurtimizda anʼana tusiga kirgan.
Bugun ushbu sana munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati, jamoa vakillari va bir guruh yoshlar Urganch shahrida joylashgan “Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi” da boʻlib, bayram kechasi uyushtirdilar.
Kechada bayram dasturxoni ustida mazkur davolash markazidagi barcha bemorlarni bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, sovgʻa-salomlar ulashdilar.