UrDUda
Mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, turli kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa, keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✔️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligining 29 yilligi hamda  9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga  qarshi  kurashish kuni”  munosabati bilan Aksilkorrupsiya haftaligi   doirasida Urganch  davlat  universitetida  2021-yilning  4-dekabr  kuni   "Yoshlar  korrupsiyaga  qarshi"  shiori  ostida  "5000  qadam"  piyoda yurish marshi  oʻtkazildi.
✔️Unda 500 nafardan ziyod  universitetning rahbar-xodimlari,   faxriy professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda talaba –yoshlar ishtirok etdilar.  Piyoda yurish marshiga  Urganch davlat universiteti maydonida start berildi.  Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o'tgach,  shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
Maqsadimiz:  yoshlarimizni ham maʼnan, ham jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashga hissa qoʻshishdan iborat.

urdu.uz, UrDUda "Yoshlar  korrupsiyaga  qarshi"  shiori  ostida  "5000  qadam"  piyoda yurish marshi  oʻtkazildi

urdu.uz, UrDUda "Yoshlar  korrupsiyaga  qarshi"  shiori  ostida  "5000  qadam"  piyoda yurish marshi  oʻtkazildi

urdu.uz, UrDUda "Yoshlar  korrupsiyaga  qarshi"  shiori  ostida  "5000  qadam"  piyoda yurish marshi  oʻtkazildi