2021-yil 2-dekabr kuni Ijtimoiy-ma`naviy tadqiqotlar ilmiy instituti direktori p.f.d., professor Muhammadjon Quronov Urganch davlat universiteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, Korrupsiyaga qarshi "Komplayens-nazorat" boʻlimi xodimlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobiga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida professor Muhammadjon Quronov hamda professor Mansur Bekmurodovlar tomonidan Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans konsepsiyasi doirasida yangi turdagi jamiyat va davlat qurish asosini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar har tomonlama chuqur tahlil qilib berildi.
Tadbirda soʻz olganlar va talaba-yoshlarning savollari-yu fikr-mulohazalari mazmun-mundarijasini Prezident asari zamiridagi asosiy g‘oya hamda qarashlar belgilab berdi.
.jpg)

