Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev pedagogika  fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev pedagogika  fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashdi

2021-yil  7-dekabr kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev  Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sanjar Davletov hamrohligida Pedagogika  fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Rektor B.Abdullayev o'z chiqishida universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, xalqaro aloqalari, rivojlanish istiqbollari, kelgusidagi rejalar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya usullari yuzasidan yangi g'oyalar va tashabbuslar haqida gapirib, talaba-yoshlarni mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirdi.

Muloqot davomida UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati va unda yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, iste`dodlarini qo`llab-quvvatlash masalalari, hozirgi davrda ta’lim-tarbiya jarayoniga qo`yilayotgan zamonaviy talablar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuvda talabalar rahbariyatga savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarning muammolariga quloq tutilib, taklif va tashabbuslari eshitildi.

UrDU Matbuot xizmati