♻️Urganch davlat universitetida 2021-yil 9-dekabr kuni sana munosabati bilan “Korrupsiyasiz hayot, kelajak poydevori” mavzusida Ochiq muloqot o‘tkazildi.
O‘sib kelayotgan yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish madaniyatini rivojlantirish, ularning jamiyat hayotiga dahldorligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda UrDU prorektori S.Davletov, Xorazm viloyat IIB Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor vakili R.Kamolov, mazkur boʻlim xodimi Z.Rahimov, UrDU Bosh yuriskonsulti Sh.Atayev, UrDU Komplayens-nazorat boʻlimi boshligʻi X.Shihova hamda “Faol yoshlar” klubi aʼzolari ishtirok etdilar.
✔️Tadbirni Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor S.Davletov kirish so‘zi bilan boshlab, bugungi kunda Urganch davlat universitetida "korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, bu borada Komplayens-nazorat tizimining joriy etilganligi, shuningdek, Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
✔️Shundan soʻng, IIB xodimlari bugungi kunda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan jarayonlar, korrupsion jinoyatlarning fosh etilishi bilan bogʻliq vaziyatlar haqida atroflicha maʼlumot berdilar. UrDU Bosh yuriskonsulti Sh.Atayev soʻzga chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tajribasi, har bir fuqaroning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularning faolligi, jamiyatdagi o‘rnini oshirish, har qanday ishda mas’uliyat bilan yondashgan holda salbiy illatlarga qat’iy kurashish lozimligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
✔️Uchrashuv davomida korrupsion holatlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.
Ochiq muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan koʻplab savollariga mutaxassislar hamda universitet vakillaridan batafsil javoblar oldilar.
Tadbir yakunida, Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandilar.


