2021-yil 10-dekabr kuni Urganch davlat universitetida “Xorazm viloyatidagi islohotlar: natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Farrux Dalimov, UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori Sanjarbek Davletov, UrDU Iqtisodiyot fakulteti professori, iqtisod fanlari doktori Baxtiyor Ro‘zmetov, UrDU Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha Alisher Atajanov va universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Farrux Dalimov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, o‘z ma’ruzasida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda maʼruzachilar, jumladan, UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Davletov - “Yangi O‘zbekiston: Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida, Iqtisodiyot fakulteti professori B.Ro‘zmetov Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar va viloyatining 2022–2026 -yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan vazifalar mohiyati, UrDU Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori A. Atajanov 2022-yilda universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan Xorazm viloyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yaqin besh yillikda ko‘zda tutilgan loyihalarni mamnuniyat bilan qabul qilishganini, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, unda faol ishtiroklari bilan qo‘llab-quvvatlashlarini bayon etishdi.


