O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2021-yil 17-sentabrdagi “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo'q yolg'iz ayollar oliy ta'lim olishini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”qi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Urganch davlat universiteti tomonidan moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 48 nafar talaba-qizlarni birinchi o'quv yilida to'lov-kantrakt mablag'lari to'lab berildi.
✔️11-dekabr sanasida UrDU rektori Baxrom Abdullayev Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sanjar Davletov hamrohligida ana shu quvonchli xabarni yetkazish maqsadida 2021-2022 o'quv yilida talabalikka tavsiya etilib, to'lov-kantrakt mablag'lari to'lab berilgan 1-kurs talaba-qizlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda talaba-qizlarga bugungi kunda Prezident Sh.Mirziyoyevning oliy ta'lim sohasiga qaratayotgan e'tibori va yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha gapirdilar hamda ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda doimo o'qish va izlanishdan to'xtamaslikka chaqirdilar.
O'z navbatida, talaba-qizlar ham universitetning mazkur moddiy ko'magi uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildirdilar.


