2021-yilning 11-dekabr kuni Urganch davlat universitetining Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining dekabr oyi soni bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning 6 nafar ishtirokchisi she‘riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni bo‘yicha o‘zaro badiiy maydonida bahsga kirishdilar.
Tadbir davomida 202- o‘zbek tili guruhi talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy- qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari ijro qilindi.
Tanlov yakunida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova tomonidan g‘oliblar e’lon qilinib, diplom bilan tadqirlandilar.