XIX asr Xiva adabiy muhitining zabardast namoyondasi, buyuk tarixiy asarlar muallifi, davlat arbobi, mohir xattot va sermahsul ijodkor – Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy tavalludining joriy yil 212 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, 15-dekabr sanasida UrDU Madaniyat saroyida Filologiya fakulteti tomonidan “Yeturmak elga rohat qudratim yetgunchadir korim” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Xorazm viloyat hokimligi vakillari, viloyat Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, “Ogahiy buyuk siymo” mavzusida maʼruza qildi hamda anjumanga moderatorlik qildi.
Ilmiy-amaliy anjumanda Viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudayberganov - “Ogahiy tarixiy asarlarining nashri bo‘yicha”, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri,dotsent S.Matkarimova - “Navoiyning “Pand” g‘azaliga Ogahiy tatabbusi ”, filologiya fanlari doktori, dotsent v.b. A.O‘razboyev - .“Mahmud Zamahshariyning “Muqaddimat ul-adab” asari o‘rta asrlarning muhim lisoniy-adabiy yodgorligi” mavzularidagi maʼruzalari va viloyat Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari B.Bekmatov hamda Shoira Shamslarning tabrik soʻzlari tinglandi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman “Sheʼriyat shohsupasi” koʻrik-tanlovining final bosqichiga ulanib ketdi. Tanlovningfinal bosqichi Ogahiy sheʼriyatiga bagʻishlandi va unda universitetning 6 nafar adabiyotsevar talaba-yoshlari badiiy maydonda kuch sinashdilar.
Tadbirda 197-o'zbek tili guruhi tomonidan namoyish etilgan chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi.
Har bir ishtirokchining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:
1- o'rin: Filologiya fakulteti 185- o'zbek tili guruhi talabasi - Yo'ldasheva Nodira
1-o'rin: Pedagogika fakulteti 189-guruh talabasi Matkarimova Nuriya
2-o'rin: Filologiya fakulteti 184-guruh o'zbek tili guruhi talabasi Karimova Bibirobiya
3-o'rin: Filologiya fakulteti 204-guruh o'zbek tili guruhi talabasi Ismoilova Kamola
Gʻoliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.