
2021-yilning 16-dekabrida ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch davlat universiteti magistrlarni rasmiylashtirmaganmi?” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Urganch davlat universiteti maʼmuriyati quyidagilarni maʼlum qiladi:
-2019-yildan buyon Urganch davlat universiteti Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda 2 ta bakalavriat va 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirmoqda.
-2020-2021 o‘quv yilida pandemiya sababli Astraxan davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarining birinchi o‘quv yili Urganch davlat universitetida boʻlib o‘tdi.
-2021-2022 o‘quv yilidan boshlab qabul qilingan talabalar Astraxan davlat universitetida hamkorlik doirasida o‘qishini davom ettirish koʻzda tutilgan. Bu kelishuv barcha yo‘nalishlarda amalda oshirilishi kelishib olingan.
-Astraxan davlat universiteti ichki tartib-qoidalariga asosan, Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha) yo‘nalishidan qo‘shimcha imtihon olish sharti qo‘yildi. Qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishiga 8 nafar talaba qabul qilingan boʻlib, Astraxan davlat universiteti Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha) dekanati tomonidan talabalar yanada saralab olindi. Ushbu saralashdan 3 nafar talaba oʻtdi. Qolgan 1 nafar talaba o‘z xohishiga binoan akademik ta’til olish uchun ariza yozgan, yana 1 nafar talaba kontrakt to‘lovini to‘liq amalga oshirmagan, qolgan 3 nafar talabalarni oʻqitish boʻyicha esa Astraxan davlat universiteti ma’muriyati bilan kelishilgan holda qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
UrDU Matbuot xizmati