Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining  Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari tashkil etilganligiga 4 yil toʼldi
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 939-sonli qarori bilan tasdiqlangan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida Xavfsiz turizmni taʼminlash Kontseptsiyasini amalga oshirishda ushbu hududlardagi sayyohlik infratuzilmasi va unga tutash hududlardagi obʼektlarda ichki ishlar organlarining xorijiy va mahalliy sayyohalar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash yoʼnalishida Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari tashkil etilganiga ham 4 yil toʼldi. Oʼtgan davrda, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari Ichki ishlar organlari tizimida tashkil etilgan Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari Kontseptsiyada belgilangan chora-tadbirlarni amaldagi ijrosini taʼminlab, koʼzlangan pirovard maqsadga erisha oldi, bu degani, oʼtgan davr mobaynida, respublikamizga tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan va ularga nisbatan hech qanday jinoyatlar yoki qonun buzilish holatlari sodir etilishiga yoʼl qoʼyilmadi. 
Bu oʼz navbatida 2019 yilning 6 martdagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 4229-sonli qarori bilan Toshkent shahar, Surhondaryo va Toshkent viloyatlari ichki ishlar tizimida ham Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari faoliyati yoʼlga qoʼyilishiga turtki boʼldi. Ushbu qaror bilan Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni taʼminlash boʼlinmalari moddiy-texnika taʼminoti mustahkamlash, Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʼarmasinin tashkil etish hamda mazkur jamgʼarma mablagʼlaridan maqsadli foydalanish yoʼnalishlaridan bir sifatida esa xodimlarni moddiy ragʼbatlantirish tizimi yoʼlga qoʼyildi. Endilikda, Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni taʼminlash boʼlinmalari tizimli ravishda shaxsiy tarkibni oʼz ustida ishlashi, xodimlarning xorijiy tillarni bilish darajasini oshirish, dunyo xalqlari tarixi va madaniyatini oʼrganish bir qatorda turizm sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning sayyohlar xavfsizligini taʼminlash yoʼnalishidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan olib borilayotgan tajribalarini oʼrganish, oʼzaro malaka almashish yoʼnalishidagi ishlarni amalga oshirmoqdalar. Hamkasblarimizga olib borayotgan ishlariga muvaffaqiyat va sogʼlik-salomatlik tilagan holda, har kuni tong sahardan xizmatga yuksak ishtiyoq bilan chiqib, tunda oilasi bagʼriga eson-omon qaytib kelishlariini yaratgandan soʼrab qolamiz.