2021-yil 25-dekabr sanasida Kaliforniya davlat universiteti professori Zoir Ibragimov Fizika-matematika fakultetining talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda UrDU rektori B.Abdullayev hamda Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamovlar qatnashdilar.
Uchrashuvni UrDU rektori Baxrom Abdullayev ochib berib, talabalarni mehmon bilan tanishtirdi.
Shundan soʻng, professor Z.Ibragimov soʻzga chiqib, Amerika universitetlari haqida va u yerda taʼlim olishning oʻziga xos tomonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida talabalarga qiziqarli boʻlgan maʼlumotlarni ulashdi. Oʻz navbatida, tahsilini Amerika universitetlarida davom ettirish niyatidagi talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


