Seminar-treninglarda Hemis dasturida ishlash, Kredit-modul tizimida o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, Kredit-modul tizimida o’quv jarayonining me’yoriy-uslubiy ta’minoti, tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, Kredit-modul tizimini raqamlashtirish, Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil etish, Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o’zlashtirishni baholash tizimi, xorijiy davlatlardagi ushbu tizimning muhim tamoyillari to’g’risida ma’lumotlar berilmoqda.
Xususan, bugun 8-yanvar sanasida Tabiiy fanlar fakultetida Kredit-modul tizimi asosida o'quv jarayonlarini tashkil etish to'grisidagi kursni “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o`qituvchisi Sh.Xodjayev, Xorijiy filologiya fakultetida Hemis dasturida ishlash boʻyicha kursni “Roman-german filologiyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi U.Qutlimurotovlar olib bordilar.
Seminar-treninglarda tinglovchilar o’zlarining fikr-mulohazalari, savol-javoblari va bahsli jarayonlari bilan faol qatnashmoqdalar.
Seminar treninglar davom etadi.


.jpg)
