Yaponiya Tashqi savdo tashkilotining (DJETRO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi Bosh direktori Djun Takaxashi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Yaponiya Tashqi savdo tashkilotining (DJETRO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi Bosh direktori Djun Takaxashi 2022-yilning 18-19 yanvar kunlari  Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida bugun universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Urganch davlat universitetida boʻldi. 

Mehmonlarni UrDU Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori  G‘.O'razboyev  kutib oldi. Uchrashuvda Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuranboyev,  fakultet professor-oʻqituvchilari hamda Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (DJETRO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi Bosh direktori Djun Takaxashi Yaponiya Tashqi savdo tashkilotining bugungi kundagi faoliyati toʻgʻrisida  atroflicha maʼlumot berdi.

Shuningdek, UrDU Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori  G‘.O'razboyev va Kimyoviy  texnologiyalar fakulteti professor-oʻqituvchilari universitetning bugungi kundagi faoliyati, imkoniyatlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalari va xalqaro hamkorliklari toʻgʻrisida mehmonlarga maʼlumot berdilar.

Uchrashuvda oziq-ovqat texnologiyasi, turizm va tekstil yo'nalishlarida hamkorlik qilish,  yapon tiliga ixtisoslashgan markaz tashkil etish va professor-o'qituvchilarni jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

urdu.uz, YAPONIYA TASHQI SAVDO TASHKILOTINING (DJETRO) O‘ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI BOSH DIREKTORI DJUN TAKAXASHI  URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI