Oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida 2022-yil 11-24-yanvar kunlari o‘tkazilayotgan amaliy seminar-treninglar doirasida 2022-yilning 22-yanvar kuni "Taʼlim muassasasida Xotin-qizlar kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish, “Gender tengligi” maslahat kengashi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida" masalalari yuzasidan OTM Xotin-qizlar maslahat kengashi ma’sullari uchun onlayn seminar-trening mashg‘ulotlari boʻlib oʻtdi. Mazkur seminar-treningda Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Davletov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva, Ma'naviyat va marifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va dekanlarning xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdilar.


