Bugun, 2-fevral kuni Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Muyiba Otamuratova Xorazm MTRK "Assalom, Xorazm!" dasturida davlat arbobi, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan jonli efirda chiqish qildi. Ko'rsatuv davomida Alisher Navoiy ijodiy merosini o'rganish bo'yicha amalga oshirilayotgan yangi tadqiqotlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Muyiba Otamuratova tomonidan Alisher Navoiy g'azallari talqin qilindi. Shuningdek, yosh shoira buyuk siymoga bag'ishlangan "Alisher Navoiy faxriyasi" nomli o'z she'rini o'qib eshittirdi.