2022-yil 4-fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya davlat universiteti Tabiiy fanlar instituti va Urganch davlat universiteti o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish takliflar bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda UrDU Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvanov boshchiligida fakultet kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Uchrashuv avvalida ikki universitetning Tabiiy fanlar fakultetlari imkoniyatlari to'g'risida oʻzaro ma'lumot almashishdilar.
Uchrashuv davomida universitet professor-o'qituvchilari tomonidan onlayn almashinuv dars mashg'ulotlari olib borish, fakultetning talabalari uchun olimpiadalar tashkil etish, UrDU talabalarini Udmurtiya davlat universitetiga grand asosida jalb etish imkoniyatlari hamda oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.