2022-yilning 24-fevral kuni Urganch davlat universitetining Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining final soni bo‘lib o‘tdi. Ma'lumki, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Bu tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad Navoiyning boy adabiy merosini o'rganish va targ'ib etishni yo'lga qo'yish, talaba-yoshlar ongi va qalbida Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini chuqur singdirishdan iboratdir. Finalga yo'llanmani qo'lga kiritgan 7 nafar ishtirokchi she‘riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, g'azallarini ifodali o'qish orqali ijodiy maydonida bahsga kirishdilar.
3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rin: 196-guruh talabasi Bazarbayeva Mahbuba
2-o'rin: 195-guruh talabasi Yusupova Dilrabo
3-o'rin: 196-guruh talabasi Jumaniyozova Navbahor
Tadbirning badiiy qismi 206- o‘zbek tili guruhi talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar va ““Xamsa”ga bir nazar” deb nomlangan sahna ko‘rinishlari ijro qilindi.
Tanlov g'oliblari hamda kechaning faol talabalariga Filologiya fakulteti dekani, f.f.d D.G'ayipov hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova tomonidan Diplom hamda esdalik sovg'alari taqdim qilindi.