18-fevral kuni soat 8:00da "o'zbek tili va adabiyoti" kafedrasining navbatdagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda magistr talabalar S. Bekchonova "Nafosat gurunglari" asaridagi adabiy suhbatlar" mavzusida, M. Yuldasheva "O'tkir Hoshimovning "Nur borki, soya bor" asarida badiiy mahorat", mavzusida va Z.Yoʻldasheva "Oʻzbek xalq dostonchiligida "Xirmondali" dostonining oʻrni va oʻrganilishi" mavzusida ma'ruza qildilar. Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari va magistr talabalar ishtirok etdilar.