2022-yil 18-fevral kuni Filologiya fakuteti xotin-qizlar maslahatchisi B. Rahimova va fakultet tyutorlari A. Nurmetova va N. Bekchanovalar fakultetning bir guruh talabalari bilan O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunining targ‘iboti bo‘yicha Urganch shahar Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor, kapitan Yulduz Kazakova bilan" Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning psixologik mexanizmlari"mavzusida suhbat o‘tkazdilar.
Suhbatda kapitan Y. Kazakova mavzu yuzasidan atroflicha to‘xtalib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.