2022-yilning 9-mart kuni Urganch davlat universitetida yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Sh.Bobojonov, O.Xudayberganov, Q.Boboyevlar, barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, fakultetlarning Tyutorlar kengashi raislari va faol tyutorlar, Yoshlar ittifoqi aʼzolari ishtirok etdilar.
Uchrashuv UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov raisligida oʻtkazildi.
Tadbirda mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi va bu borada talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlarni tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.


