2022-yilning 11-mart kuni Urganch davlat universitetining Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida "Navoiyxon talaba" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad Navoiyning boy adabiy merosini o'rganish va targ'ib etishni yo'lga qo'yish, talaba-yoshlar ongi va qalbida Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini chuqur singdirishdan iboratdir.
Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, g'azallarini ifodali o'qish orqali fakultet talabalari "Navoiyxon talaba" ko'rik-tanlovi ijodiy maydonida bahsga kirishdilar.
3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rin: Shomuratova Risolat
2-o'rin: Hasanboyeva Munisa
3-o'rin: Sultonova Marhabo
Tadbirning badiiy qismi 207-o‘zbek tili guruhi talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari ijro qilindi.
Tanlov g'oliblari hamda tadbirning faol talabalariga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova tomonidan Diplom hamda esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

.jpg)
