Joriy 22-mart sanasida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva, hamda Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, dots. S.Matkarimova hamda fakultetning bir guruh professor-oqituvchilari "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi dotsenti, uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriy ustoz F.Ibragimova xonadoniga tashrif buyurdilar. Faxriy ustoz tashrifdan quvonib, o'z minnatdorchiligini izhor qildi.