Urganch davlat universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Astraxan davlat texnika universiteti va Astraxan davlat universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti bilan hamkorligida Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida 2022-yil 25-26 mart kunlari oʻtkazilishi belgilangan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yili davlat Dasturi doirasida “O‘zbekistonda ishbilarmonlik turizmi (MICE-turizm)ni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bugun oʻz ishini boshladi.
Unda barcha hamkor tashkilotlar vakillari hamda UrDU Iqtisodiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6002-sonli Farmoni, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman quyidagi masalalar muhokamasiga bagʻishlanmoqda:
- Ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari;
- Pandemiya sharoitida mintaqalarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishdagi muammo va
yechimlar;
- Ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishda xorij tajribasi;
- Ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishda zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalardan
foydalanish masalalari;
- Ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishda menejment tizimi va malakali mutaxassis
kadrlar tayyorlash masalalari.
Taʼkidlash joizki, mazkur anjuman doirasida UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya davlat universiteti kafedra mudiri Svetlana Vladimirovna Radigina oʻrtasida ikki universitetning hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlash hamda kelajak rejalar haqida suhbat boʻlib oʻtdi. Unda yaqin kelajakda Urganch davlat universiteti hamda Udmurtiya davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining akademik almashinuvini tashkil etish hamda Tabiiy fanlar va Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlarining bitiruvchi talabalarini magistraturaga jalb qilishga yoʻnaltirilgan kelishuv imzolandi.