2022-yil 6-aprel sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Kengash avvalida rektor Baxrom Abdullayev navbatdagi yutuq egalarini qutlab, Attestat, Diplom va Guvohnomalarni oʻz egalariga tantanali topshirdi. Jumladan:
UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Davletov Sanjarbek Rajabovichga Professorlik attestati;
“Tarix” kafedrasi dotsenti Sadoqat Matkarimovaga Fan doktori diplomi;
2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan universitetning 13 nafar talabalariga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi talabalari uchun taʼsis etilgan Davlat stipendiyasi tanlovi sohibi Guvohnomasi hamda mazkur stipendiatlarning ustozlariga Tashakkurnomalar;
UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayns-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Shixova Xosiyat Ismoilovnaga 60 yillik yubileyi munosabati bilan rektor Tabriknomasi tantanali topshirildi.
Shundan soʻng, Kengash yig‘ilishining 8-majlisi kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz ishini davom ettirdi.




