10-aprel kuni o'zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun munosabati bilan Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti B.Rahimova hamda 11-aprel sanasida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi M.Rahimovalar Xorazm MTRKning "Assalom, Xorazm!" dasturida Abdulla Qodiriy ijodini keng yoritish maqsadida jonli efirda chiqish qildilar. Ko'rsatuv davomida Abdulla Qodiriy ijodi borasida qimmatli fikr-mulohazalar aytilib, qodiriyshunoslikning bugungi adabiyotshunoslik taraqqiyotida qay yo'sinda kechayotgani haqida alohida to'xtalib o'tildi.