Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Janob Serge Bellini va “Fransuz alyansi” direktori Dilshod Axmedovlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi

2022-yilning 15-aprel kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi janob Serge Bellini va Toshkentdagi “Fransuz alyansi” direktori Dilshod Axmedovlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. 

Universitet rektori B.Abdullayev, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozovlar bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro o‘quv, uslubiy, ilmiy yo‘nalishda hamkorlik qilish, Erasmus+ doirasida loyihalar tayyorlash, fransiyalik mutaxassislarni jalb qilish, o‘quv adabiyotlar kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shundan soʻng, majlislar zalida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev va “Fransuz alyansi” direktori D.Axmedovlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Tashrif doirasida,  mehmon Serge Bellini Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, “Roman-german filologiyasi kafedra”si mudiri G. Abdullayeva hamda kafedraning fransuz tili ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, fransuz tilini hududda rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazishdi. Suhbatda Fransiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hududda mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, yangi magistratura mutaxassisliklarini ochish, Puate universiteti bilan mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash,  professor-o‘qituvchilar va talabalarning til bilish darajalarini davomli rivojlantirib borish, mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kerakli o‘quv adabiyotlari harid qilish kabi masalalar kelishib olindi. 

urdu.uz, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Janob Serge Bellini va “Fransuz alyansi” direktori Dilshod Axmedovlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi