2022-yil 23-aprel kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Jamoat bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Aleksis Sallivan AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiyani UrDU bosh binosida Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G'.Oʻrazboyev va Access loyihasi koordinatori F.Masharipova kutib olishdi.
Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda UrDU prorektori universitet to‘g‘risida tanishtirib o‘tdi. AQSh elchixonasi yordamida ingliz tili o‘qituvchilarining jalb etilayotgani, hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Access” loyihasi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi. UrDUga yangi ingliz tili mutaxassislarini jalb etish zarurligi ta’kidlandi.
Shundan soʻng, Xorijiy filologiya fakultetida 2020-2022 yillarga mo‘ljallab tashkil etilgan maktab o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha “English Access Microscholarship Program” loyihasi ishchi guruhining faoliyati bilan tanishdilar. Dars jarayonlarini kuzatdilar. Darslarda foydalanilayotgan pedagogik metodlar, o‘quv-adabiyotlari to‘g‘risida muhokama qildilar.