Bugun “ELBA Yevropa” loyihasi doirasida "BETI RETRAINING" Zoom treningi boshlandi. Kun tartibiga ko‘ra, professor Fontana “Data Science bo'yicha statistik metodlar” mavzusida ma’ruza qilib, quyidagilarga to’xtaldi:
Tasodifiy miqdorlarning birgalikda taqsimlanishi;
Namunalarni taqsimlash;
Ballarni baholash bo'yicha ba'zi elementlar.
Ilm-fanning ushbu sohasi juda muhim va mamlakatimizda o'rganilmagan sohadir. Treningda universitetimizning Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantura talabalari ishtirok etishdi.
Treninglar 20-mayga qadar davom etadi.