2022-yil 13-may kuni Filologiya fakultetining 103-xonasida 09:00 da "Breyn-zakovat o‘yini asosida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish" mavzusida ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar mashg‘uloti kafedra dotsenti f.f.n. I.Ismailov tomonidan olib borildi.
Seminar jarayonida kafedra professor-o‘qituvchilari ikki guruhga bo‘linib, jarayon ishtirokchisiga aylanishdi. Adabiyot tarixi, folklor, jahon adabiyoti, adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi fanlari bo‘yicha jami 40 savoldan iborat breyn-ring o‘yini o‘tkazildi. Seminar mashg‘uloti keskin bahs-munozaralar asosida o‘tdi.