Bugun, ya’ni 19-may kuni Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Hududiy seminarda Xiva, Xonqa hamda Urganch tumanlari Kengashlari deputatlari, kotibiyat xodimlari, shuningdek, OTMlar, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda soha mutaxassislari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquq va majburiyatlari, sohalar bo‘yicha ko‘riladigan masalalarda Kengashlarning vakolatlari, ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish kabi mavzularda ma’ruza olib borildi.
Ushbu seminar joriy yilning 21-may kuniga qadar davom etadi.


