Universitetimiz yana bir nufuzli Jahon reytingidan o’rin oldi

Urganch davlat universiteti “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining Osiyo universitetlari reytinggi (Asia University Rankings 2022) ga kirganini e’lon qilamiz.  Ushbu reyting mintaqaviy reyting hisoblanib, Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini 13 ta samaradorlik ko’rsatkichlariga asoslangan holda shakllantiriladi.

Ushbu reytingda O’zbekistondan jami 10 ta Oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida o’rin egallagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Urganch davlat universiteti yuqoridagi nufuzli reytingga kirgan oliygohlar orasida viloyatda joylashgan yagona universitet hisoblanadi. Qolgan 9 ta oliygohlarning barchasi Toshkent shahridadir. 

Reytingdan joy olgan O’zbekiston universitetlari ro’yhati:
  Toshkent Moliya instituti
  "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot universiteti
  Urganch davlat universiteti 
  Toshkent Tibbiyot akademiyasi
  Toshkent Tibbiyot Pediatriya instituti
  Toshkent Farmatsevtika instituti
  Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti
  Toshkent davlat Yuridik universiteti 
  Toshkent Turin Politexnika universiteti
  Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti