Kafedra ilmiy-nazariy seminari o'tkazildi

Joriy yilning 3-iyun kuni soat 09:00 da Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi. Bunda magistrant N.Dushamova  "L.N.Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanida qahramonlar ruhiy holatining badiiy tasviri" mavzusida, magistrant H. Ibragimova “Gulshani davlat” asarining tarkibiy tuzilishi" mavzusida ma'ruza qildilar. Ilmiy-nazariy seminarda kafedra professor-o'qituvchilari va magistr talabalar ishtirok etishdi.