2022-yil 6-10 iyun kunlarida Urganch davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zR FAning V.I.Ramonovskiy nomidagi Matematika instituti, Xalqaro nazariy va amaliy matematika markazi (CIMPA - Centre International de Mathématiques Pures et Appliquées), Xalqaro matematiklar jamiyati (IMU-International Mathematical Union) va Rim raqamlari nazariyasi assotsiatsiyasi (RNTA - Roman number theory association) hamda G'arbiy Osiyo matematika maktabi (WAMS - West Asia Mathematical Schools) hamkorligida “Panjaralar, Diofant yaqinlashish va balandliklar” mavzusidagi xalqaro maktabi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu xalqaro maktabni tashkil qilinishidan asosiy maqsad Oʻzbekistonda yoshlarni sonlar nazariyasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, yurtimizda sonlar nazariyasini rivojlantirishdan iborat boʻlib, Fransiyaning Xalqaro fundamental va amaliy matematika markazi, Xalqaro matematiklar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirildi va ushbu maktabni oʻtkazish uchun AQSH, Italiya, Rossiyadan sonlar nazariyasi boʻyicha yetakchi olimlari tashrif buyurdilar. Ular bir hafta davomida Oʻzbekistondan yigʻilgan 60 nafar talabalarga sonlar nazariyasining eng muhim yangiliklaridan saboq beradilar va amaliy darslar olib boradilar.
Shu munosabat bilan bugun, 6-iyun kuni UrDU Madaniyat saroyida ushbu maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimiga UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov moderatorlik qildi. Shuningdek, loyiha koordinatorlari Lenny Fukshansky hamda Valerio Talamancalar soʻzga chiqib, ushbu loyihaning maqsadi va amaliy ahamiyati toʻgʻrisida talaba-yoshlarga maʼlumot berdilar.
Shundan soʻng, kun tartibidan oʻrin olgan dars mashgʻulotlari oʻz ishini boshladi.