Urganch davlat universiteti Ege universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi: hamkorligimiz tobora kengaymoqda

Bugun Turkiya Respublikasining Izmir shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ta’lim forumining ilk kunida shartnomalar imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. 

UrDU rektori B.Abdullayev Turkiyaning yirik universitetlaridan biri hisoblangan Ege universiteti rektori prof. Dr.Necdet Budak bilan ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzoq yilga mo‘ljallangan 7 ta hamkorlik shartnomasini  imzoladi. Hamkorlik shartnomalariga ko‘ra, professor-o‘qituvchilarimiz mazkur universitetda stajirovka o‘tashlari, talabalarimiz esa akademik mobillik dasturlarida qatnashishlari, doktorant va tadqiqotchilarimiz esa hamkorlikda ilmiy faoliyat olib borishlari mumkin bo‘ladi.

Taʼkidlash joizki, Ege universiteti Turkiyaning to‘rtinchi, mintaqadagi birinchi va eng ildiz otgan universitetlaridan biridir, unda 60 mingdan ortiq talabalar tahsil oladi. Universitet malakali va miqdoriy ma’lumotlar ishlab chiqarish orqali ilm-fan olamiga global miqyosda hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lib, jahonning TOP-800 reytingidan joy olgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitetning birinchi prorektori Prof. Dr. Hakan Atilgan bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasalarini har tomonlama rivojlantirish, amaliy va fundamental loyihalarni birgalikda bajarish kabi muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha kelishib olindi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Ege universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi: hamkorligimiz tobora kengaymoqda