Oʻzbekiston va Turkiya texnika universitetlari xalqaro forumi nihoyasiga yetdi

Turkiyaning Izmir shahrida oʻtkazilgan texnik hamda injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektor, prorektorlari va vazirlik mas’ullaridan iborat delegatsiya  ishtirokidagi Oʻzbekiston va Turkiya texnika universitetlari xalqaro forumi 2022-yil 10-iyun kuni oʻz nihoyasiga yetdi. 

Forumda oʻzbek va turk universitetlari oʻrtasida oʻzaro 80 dan ortiq kelishuvlar imzolandi. Forum yakunida  Turkiya tomonidan tashkilotchi universitet rektori prof. Dr.Necdet Budak hamda Respulika ta’lim kengashi raisi, Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonovlar mazkur forum doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida gapirib ishtirokchilarni qutladilar. 

Shundan soʻng,  Urganch davlat universiteti rektori Baxrom  Abdullayev soʻzga chiqib,  oʻzbek va turk universitetlarining hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilgani va bu hamkorlik sohasida dastlabki qadam ekanligi, oʻquv, ilmiy, madaniy sohasidagi almashinuvlarni amalga oshirish uchun yana bir qancha qadamlar oldimizda turganligini taʼkidladi. Ushbu forum doirasidagi kelishuvlar har ikkala tomonlar uchun ham nihoyatda ahamiyatli boʻlgan tarixiy voqea ekanligini alohida qayd qildi va forum ishtirokchilariga oʻzaro hamkorliklar doirasida muvaffaqiyatlar tiladi. 

Soʻngra rektor B.Abdullayev Xorijiy filologiya fakulteti dekani  Z.Jumaniyozov bilan birgalikda tashkilotchi Ege universiteti rektori prof. Dr.Necdet Budakni Urganch davlat universitetining  maxsus sovgʻalari bilan taqdirladi.
urdu.uz, Oʻzbekiston va Turkiya texnika universitetlari xalqaro forumi nihoyasiga yetdi

urdu.uz, Oʻzbekiston va Turkiya texnika universitetlari xalqaro forumi nihoyasiga yetdi

urdu.uz, Oʻzbekiston va Turkiya texnika universitetlari xalqaro forumi nihoyasiga yetdi

urdu.uz, Oʻzbekiston va Turkiya texnika universitetlari xalqaro forumi nihoyasiga yetdi