10-iyun kuni soat 09:00 da Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasida navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Bunda kafedra dotsenti B.B.Rahimova "Umumta'lim maktablarida badiiy asar tahlilini o'qitish metodikasi" mavzusida ma'ruza qildi. Ilmiy-uslubiy seminarda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.