Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Ayni kunlarda Erasmus+ KA107 dasturi doirasida Urganch davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori G'.O'razboyev, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri G.Raximova, “Roman- german filologiyasi” kafedrasi doktoranti N.Samandarovalar Fransiyaning Puate universitetida ilmiy va hamkorlik aloqalari bo'yicha fikr almashmoqdalar. Bugungi kunda mazkur universitetning Urganch davlat universiteti bilan hamkorligini yanada mustahkamlash, yangi sohalarda ayniqsa, hamkor universitetning Til va adabiyot fakultetiga professor-o'qituvchilarni jalb qilgan holda, mobillikni oshirish hamda ularning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va turli doirada seminar-treninglar tashkil qilish borasida kelishib olindi. 

Matematika laboratoriyasi professori Pol Vanxake, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Olivier Herault, shuningdek, TiI va adabiyot fakulteti Xalqaro aloqalar bo'yicha dekan muovini Izabel Millon-Zumshteyn bilan universitetlarimiz orasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va Erasmus+ doirasida oliy o'quv yurtlari uchun amalga oshiriladigan yangi loyihalar borasida fikrlar va g'oyalar almashildi.

Professor Patris Naudin kelgusida Urganch davlat universiteti bilan mobillik doirasida professor-o'qituvchilar va talabalar tashrifini ko'proq amalga oshirish lozimligini aytib o'tdi.

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda