Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazining rahbar xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari va Jahon banki ekspertlaridan iborat ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida joriy yil 21-iyun kuni Urganch davlat universitetida boʻlib, yosh tadqiqotchi olimlar, doktorantlar, iqtidorli talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
Mazkur uchrashuv Jahon banki loyihalari va unda ishtirok etish imkoniyatlari shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligining qisqa va uzoq muddatli stajirovka dasturlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil qilindi. 
Uchrashuvni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov ochib berdi va moderatorlik qildi. 
Tadbirda Ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.Abduvaliyev hamda markazning qator mutaxassislari va Jahon banki ekspertlari soʻzga chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yosh olimlarini qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish haqida, hudud bo‘yicha tadqiqotchi yosh olimlarga “English for science 2022” dasturi doirasida bepul akademik ingliz tili kursining pilot loyihasi to‘g‘risida,  ilmiy-amaliy, startap, tijoratlashtirish loyihalarini taqdim qilish va moliyalashtirish tartibi shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy-ilmiy portali haqida atroflicha maʼlumotlar berdilar. 
Uchrashuvga yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli javoblar oldilar.

urdu.uz, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazining rahbar xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi