Ayni kunlarda Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i K.Babadjonov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” bo‘limi boshligʻi H.Shihovalardan iborat ishchi guruh tomonidan universitetning barcha fakultetlari professor-oʻqituvchilari, ishchi xodimlari hamda tyutorlari bilan targʻibot-tashviqot uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.
Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 23-iyun kuni I.Abdullayev rahbarligidagi Iqtisodiyot fakulteti jamoasi bilan oʻtkazildi.
Uchrashuvda taʼlim sifatini yanada oshirish, odob-axloq va ichki-tartib qoidalariga boʻysunish, talabalarni bilimini oshirishda maʼlumotlarni toʻgʻri yetkaza bilish va til oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, talabalar oʻrtasida hamda universitetda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish va bunda keng jamoatchilik ishtirokini kengaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha soʻz yuritdilar.
Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan qonunlar va qonunosti hujjatlari, “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi, yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdilar.
Oʻz navbatida bu borada fakultet jamoasining ham fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.



