30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Yoshlar haftaligi”, shuningdek, 26-iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” doirasida bugun, 25-iyun kuni Urganch davlat universitetida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlov va sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Jumladan, ayni damda “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusidagi insholar tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda fakultet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar ishtirok etmoqdalar.
Tanlovni UrDU birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, ishtirokchilarni tanlov shartlari bilan yana bir bor tanishtirib, barchalariga omad tiladi.
Ayni damda talabalar jarayon ustidalar.


