Urganch davlat universitetining professor-oʼqituvchilari Sloveniya davlatining Primorska universitetida xizmat safarini amalga oshirmoqdalar

Ayni kunlarda Urganch davlat universitetining qator professor-oʼqituvchilari Innovatsion rivojlantirish vazirligining dasturi doirasida stajirovka o'tash maqsadida 2022-yilning 15-iyundan 29-iyulgacha Sloveniya davlatining Primorska universitetida xizmat safarini amalga oshirmoqdalar. 

Tashrif doirasida mazkur universitetning Gumanitar fanlar fakulteti rasmiy bitiruv marosimida Primorska universiteti rektori prof.Klavdiya Kutnar va fakultet dekani prof. Irena Lazar taklifiga binoan ishtirok etdilar.

Tashrif asnosida, Gumanitar fanlar fakulteti dekani prof.Irena Lazar bilan oʼzaro talaba va professor-oʼqituvchilar almashinuvi dasturi borasida muzokaralar olib borildi.

urdu.uz, Xalqaro stajirovka