Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan, 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan mamlakatimizda yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida oʻzining yuksak azm-u shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatlarini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan bir qator tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Allaberganova Shahnoza Allabergan qizi ham bor.
Ushbu eʼtirof bilan Shahnoza Allaberganovani universitet maʼmuriyati chin dildan qutlab, talabamizning keyingi faoliyatida ham yuksak marralar tilaydi.
