2022-yil 1-iyul sanasidan Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari oʻz ishini boshladi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotlarining bugungi kun tartibidan yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlarni amalga oshirishda mahalla raislarining o‘rni va roli, mahalla raisining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi hamda mas’uliyati, mahalla raislarining kasbiy faoliyatida muomala madaniyati va shaxsiy sifatlar: muomala madaniyatida yuzaga keladigan ziddiyatlar, an’anviylik va zamonaviylik, tashabbuskorlik va kreativlik singari qator dolzarb mavzular oʻrin olgan.
Mashgʻulotlar turli sohalarning rahbar va mutaxassislari hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti va Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.



