Urganch davlat universiteti kengashining 11-majlisi bo‘lib o‘tdi

2022-yil 4-iyul sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 2021-2022-oʻquv yilidagi soʻnggi,  11-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengash  avvalida rektor Baxrom Abdullayev  “Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq” kafedrasi oʻqituvchisi Ulugʻbek Hajiyevga Yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD diplomini, shuningdek, Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Allaberganova Shahnoza Allabergan qiziga 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev  tomonidan taqdim etilgan  “Kelajak bunyodkori” medali hamda universitetning esdalik sovgʻlarini tantanali topshirdi. 

Kengash yigʻilishida fakultetlar va kafedralarning bugungi kundagi faoliyati, kelgusi oʻquv yilidagi vazifalar haqida UrDU birinchi prorektori S.Davletov hamda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozovlar soʻzga chiqdilar.

Kengash yig‘ilishining 11-majlisida  kun tartibi boʻyicha  quyidagi masalalar haqida maʼruza va hisobotlar tinglandi:
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyati haqida;
✔️ Universitetda 2021-2022 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
✔️2021-2022 o‘quv yilida uiversitetda o‘quv yuklamalarining bajarilishi to‘g‘risida;
✔️ Urganch davlat universitetida 2022-2023 o‘quv yili uchun shtatlar taqsimoti to‘g‘risida;
✔️ Universitet Kengashi qarorlarining bajarilishi to‘g‘risida;
✔️2022 yilning 1-yarmida universitetda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida.

Mazkur masalalar boʻyicha Kengash aʼzolarining fikr-mulohazalari tinglandi, takliflari inobatga olindi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 11-majlisi bo‘lib o‘tdi