Bugun, 21-iyul kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Texnika fakultetining "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish" , "Avtomobilsozlik va traktorsozlik" , "Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" , "Shahar qurilishi va xo'jaligi" yo'nalishlari bitiruvchi talabalariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Diplom topshirish marosimida tabrik soʻzini olgan Texnika fakulteti dekani M.Qurbonov barcha talaba-yoshlarga 4 yillik taʼlimi mobaynida oʻzlarining aʼlo oʻqishi, namunali xulqi va universitet maʼnaviy-maʼrifiy hayotidagi faolliklari uchun minnatdorchilik izhor etib, ezgu tilaklarini yoʻlladilar.
Shundan soʻng, diplomlar oʻz egalariga tanatanali topshirildi.


