2021 yil 22 dekabr kuni Texnika fakulteti “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedrasi “ETEMET” yo’nalishi iqtidorli talabalari orasida “Energetiklar kuni” munosabati bilan innovatsion g’oyalar taqdimoti o’tkazildi. Tadbirda iqtidorli talabalar o’zlarining loyihalari bilan qatnashdilar. Loyihalar taqdimotida ular tomonidan tayyorlangan maketlar bo’yicha jarayonlar xaqida ma’lumotlar berildi. Taqdimot jarayonida Urganch davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor dots. Z.Ibragimov hamda fakultet professor-o’qituvchilari qatnashdilar. Taqdimotda faxrli o’rinlarni egallagan talabalar diplomlar va sovg’alar bilan taqdirlandilar.