Konferensiya doirasidagi seminarlarda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilmiy markazlaridan tashrif buyurgan va respublikamizning taniqli matematik olimlari bevosita hamda ZOOM dasturi orqali ishtirok etmoqdalar.
▪️Bugun kunning birinchi yarmida “Matematika boʻyicha real soʻzli masalalar yechish va nazariyalarni chuqurlashtirish, ommabop nutq”, “Golomorf akslantirishlar va topologik invariantlar”, “Toda zanjirining limiti”, “Teskari manbani tiklash muammolari bilan bog'liq bo'lgan birinchi tartibli oddiy differentsial operator uchun to'g'ri cheklovlar”, “Transsendental tenglamalar sistemalari haqida” singari mavzular yuzasidan anjuman qatnashchilarining maʼruzalari tinglandi.
▪️Olimlar maʻruzalar yuzasidan muhokamalar qilib, oʻzaro fikr almashdilar.