2022-yil 26-iyul sanasidan Xalqaro konferensiya bilan bir vaqtda universitetimiz yoshlari uchun xalqaro maktab doirasida maxsus kurslar o’qitila boshlandi.
▪️Ushbu maktab AQSh Milliy tadqiqotlar fondi IRES tomonidan qo’llab quvvatlangan boʻlib, unda ayni damda universitetimizda mehmon boʻlib turgan xorijlik olimlar maʼruza qiladilar.
▫️Bugungi xalqaro maktabda Kaliforniya universiteti akademigi, dunyoga mashhur ayol matematik olima Svetlana Jitomirskaya dars mashgʻulotlarini olib bormoqda.
▪️Ushbu xalqaro maktabda AQShdan tashrif buyurgan 15 nafar PhD doktorantlar, O’zbekistonlik 10 nafar yosh tadqiqotchilar ikki hafta davomida maxsus kurslar bo’yicha ma’ruzalar tinglaydilar va amaliy mashg’ulotarda qatnashadilar.