Bugun, 3-avgust sanasida Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (kunduzgi) yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Abituriyentlar ertalab 8.00 da universitetning asosiy binosi oldida kutib olindi va masʼullar tomonidan imtihon jarayoni boʻyicha tushuntirish berilib, imtihon oʻtkaziladigan auditoriyalarga kuzatib qoʻyildi.
Maʼlumot oʻrnida, bugun Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (kunduzgi) yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarda 148 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.
Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring!



.jpg)